Aziz Nur Şiirleri

1

ŞİİR


0

TAKİPÇİ

Aziz Nur

Menga ertak aytmagin shamol, Taskin berib aldama daydi. Axir senmas bir juft beuyat, Yig'lolmagan ko'zlarim aybli. Qanday baxtli odamlar bor-a? Qalbi toshqin, ko'zim tegmasin. Bir yig'lasa dod deb hayqirib Chayqaltirar Nuhning kemasin... Senga malol kelmasmi osmon, bo'lib qolsa g'ussaning vaqti. Bir yig'lab ber dastro'molchasiz Yig'lolmagan odamlar haqqi..! Aziz Nur

Devamını Oku