Aziz Nur Antoloji.com

Bandalarin suyguvchi Alloh taolo yerda ham ular uchun jannatlar yaratdi. Ana shunday jannatlarning biri O'zbekistonda, tog'lar bilan o'ralgan Farg'ona vodiysida tavallud topganman. Yillar suronida o'sdim, ulg'aydim. Avval maktab, so'ng tibbiyot sohasida tahsil oldim. Bugun 20 yoshga yetgan barkamol va baxtli yoshman. Adabiyotga mehr yuragimda qayerdan paydo bo'lganini bilmayman. Chunki na oilamiz, na qarindoshlar, umuman men o'sgan muhitda adabiyot ixlosmandlari bo'lmagan. Boshqa yozuvchi, shoirlar kabi bolaligim ertak dostonlar bilan o'tmagan ham... Bolaligimdan she'rlar mashq qildim, hozir esa so'zni, she'riyatni, adabiyotni qismatim deb anglayman. Yorug' peshonamga shu qismatni bitgani uchun Allohga beadad shukurlar bo'lsin!
..

Devamını Oku