Menga ertak aytmagin shamol,
Taskin berib aldama daydi.
Axir senmas bir juft beuyat,
Yig'lolmagan ko'zlarim aybli.
Qanday baxtli odamlar bor-a?
Qalbi toshqin, ko'zim tegmasin.
Bir yig'lasa dod deb hayqirib
Chayqaltirar Nuhning kemasin...
Senga malol kelmasmi osmon,
bo'lib qolsa g'ussaning vaqti.
Bir yig'lab ber dastro'molchasiz
Yig'lolmagan odamlar haqqi..!
Aziz Nur




Bu şaire henüz hiç kimse yorum yapmadı. İlk yorum yapan sen ol!