Balog'at Şiiri - Arif Turan Özbek

Arif Turan Özbek
1

ŞİİR


0

TAKİPÇİ

Balog'at


Yilnomadan yirtilgan sonsiz varaqlar,
Ko’zlarim o’rganmay bahorga hali
Qaytalagan kuzlar
Va yaproqlari
Tinimsiz uzilayotgan daraxtlar,
Vujudimni chaynayotgan soat millari
Ko’z oldimdan o’tayotgan bolaligimning
Shaffof yillari…
Bir belgidir bularning bari
Bir belgidir-
Men ulg’ayyapman.

Ko’cha to’lib oqayotgan
Zabardast
Shashti past
Yuzlari tiniq
Qalb o’ti so’niq
To’g’riyu egri
Dimog’i shishgan
Va ochlikdan holsiz tirishgan
Biri umidvor
Boshqasi abgor
Odamlarning safiga qo’shilayapman.
Bolalik hotiralarimni sekin
Unutayapman.
Ona, senga omonatdir
..........
..........

Arif Turan Özbek
Kayıt Tarihi : 1.4.2001 17:12:00
Şiiri Değerlendir
ÖNCEKİ ŞİİR
SONRAKİ ŞİİR
Yorumunuz 5 dakika içinde sitede görüntülenecektir.

Bu şiire henüz hiç kimse yorum yapmadı. İlk yorum yapan sen ol!